Investitsiya borasida O`zMU va Gong-Kong universiteti hamkorligi

Investitsiya borasida O`zMU va Gong-Kong universiteti hamkorligi

Xitoyning Gong-Kong HKU Space universiteti rahbariyati tomonidan O`zbekiston Milliy universitetiga yo`llangan murojaatnomasida “Bir makon bir yo`l” dasturi doirasida Markaziy Osiyo, shu jumladan, “O`zbekistonning investitsion muhiti va ta’lim tizimi” borasidagi tajribalarini o`rganish maqsadida 2018-yil 31-may kuni bir guruh professor-o`qituvchilar va tinlovchilar, shuningdek, 15 yildan ortiq tajribaga ega bo`lgan tadbirkor va investorlar ishtirokida Mirzo Ulug'bek nomdidagi O'zbekiston Milliy universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Gong-Kong universiteti qoshidagi professional va oliy ta'limdan keyingi ta'lim oliy maktabi bilan hamkorlikda “Bir makon bir yo'l loyihasi investitsiya imkonniyatlarini tadbiq etish” mavzuidagi konferensiya bo'lib o'tdi.   

 Tashrif dasturiga ko`ra, O`zMU yetakchi professor-o`qituvchilari tomonidan o`quv seminari tashkil etish va O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining yetakchi mutaxassislari hamda tadbirkorlar bilan tajriba almashish maqsadida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi.

O'zbekiston Milliy universiteti rektori Marahimov Avazjon Rahimovich ushbu konferensiyani o'z tabrik so'zlari bilan ochib berdi. Konferensiya davomida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Vaxabov Abdurahim Vasikovich tomonidan “O'zbekiston iqtisodiyoti va uni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi”, tarix fanlari doktori, professor Suleymanov Rustam Hamidovichtomonidan “Markaziy Osiyo va Xitoyning tarixiy aloqalari(Buyuk Ipak yo'li)” mavzularda ma'ruzalar tinglandi. Bundan tashqari, konferensiyada O'zMU Iqtisodiyot fakulteti va Gong-Kong universiteti qoshidagi professional va oliy ta'limdan keyingi ta'lim oliy maktabi vakillari  kelgusidagi hamkorlik haqida muhokama olib borishdi.     Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, Iqtisodiyot fakultetining xalqaro aloqalari ijobiydir.Jumladan,Iqtisodiy fakulteti xorijdagi Umumjahon Banki Instituti(AQSH),Kopengagen universiteti (Daniya),Ekzeter,Batt,Surrey universitetlari(Buyuk Britaniya),Berlin,Potsdam,Bil'efild universitetlari,Bremerxafen Amaliy fanlar universitetlari(Germaniya)Koreya taraqqiyot universiteti , Koreya,Yaponiya,Chexiya,Rossiya va Xitoy davlatlarining qator universitetlari bilan oliy malakali kadrlarni tayyorlash,o'qituvchilar malakasini oshirish, professor-o'qituvchilar va talabalarni ayirboshlash va ilmiy-tadqiqot ishlari borasida hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.